Biznesingiz telefoniga 24/7 javob beradigan xodim
Callora AI mijozni tinglaydi, savoliga 1 soniyada tabiiy o'zbekcha javob beradi, narxni aytadi va uchrashuvga yozib qo'yadi. Tunda ham, bayramda ham, bir vaqtda o'nlab qo'ng'iroqqa.
Mikrofon orqali brauzerda sinaysiz — hech narsa o'rnatish shart emas.

Uch qadamda ishga tushadi
Dasturchi shart emas. Biznesingiz haqida aytib berasiz — qolganini Callora o'zi qiladi.
Biznesingizni tanishtirasiz
Xizmatlar, narxlar, ish vaqti, manzil. Narx ro'yxatingizni yuklasangiz, AI faqat shu narxlarni aytadi.
Ovoz tanlaysiz
Tayyor o'zbekcha ovozlardan birini yoki o'zingizning ovozingizni tanlaysiz.
Raqamingizga ulaymiz
Qo'ng'iroqlar AI xodimga tushadi. Har suhbat matni va yozuvi sizga yetib boradi.
Robot emas — suhbatdosh
Callora o'zbek tili uchun alohida sozlangan: tabiiy ohang, to'g'ri talaffuz, qisqa va aniq javoblar.
Tabiiy o'zbekcha ovoz
Ovozlar ko'r-ko'rona tinglash sinovi orqali tanlangan. Mijoz robot bilan gaplashayotganini sezmaydi.
1 soniyada javob
Mijoz gapini tugatishi bilan javob boshlanadi. Kutish, "tugmani bosing" degan menyular yo'q.
O'z ovozingiz TEZ ORADA
30 soniyalik yozuvdan ovozingizni klonlaymiz — AI xodim sizning ovozingizda gaplashadi. Faqat ovoz egasining roziligi bilan.
Narxni to'qib chiqarmaydi
Bilmagan narsasini "mutaxassisimiz aytadi" deydi. Faqat siz bergan ma'lumotga tayanadi.
O'zbekcha va ruscha
Mijoz qaysi tilda gapirsa, o'sha tilga o'zi o'tadi.
Har suhbat sizga yetadi
Mijoz ismi, raqami va nima so'ragani Telegram guruhingizga keladi. Sifat avtomatik tekshiriladi.
O'zingiz eshitib ko'ring
Nozima — kamera va domofon o'rnatuvchi kompaniyaning AI qabulxonasi. Oddiy mijozdek savol bering.
Kimlar uchun
Telefon ko'p jiringlaydigan, lekin har qo'ng'iroqqa odam qo'yish qimmat bo'lgan har qanday biznes uchun.
Savollarga javob
Narx, manzil, ish vaqti, xizmatlar haqida.
Arizani ushlab qolish
Kechasi kelgan qo'ng'iroq ham yo'qolmaydi.
Uchrashuvga yozish
Zamer, qabul, o'lchov — ism va raqam bilan.
Qayta qo'ng'iroq
Uchrashuv, to'lov va qarzdorlik eslatmalari.
Biznesingizga ulaymiz
Raqamingizni qoldiring — biznesingizga mos AI xodimni sozlab, sinov uchun beramiz.